[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

22.04.2025. Guliston shahrida “Sog‘lom tanda — sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada shaharning 4 ta sektor hududlari g‘oliblari bo‘lgan 112 nafar o‘qituvchi va xodimlar ishtirok etdi. Ular sportning besh turi bo‘yicha — mini-futbol (erkaklar), voleybol (erkaklar va ayollar), stol tennisi (erkaklar va ayollar), shaxmat (erkaklar va ayollar), shuningdek, shashka (erkaklar va ayollar) bo‘yicha bellashishdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar Guliston shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri S. Artikov, Guliston shahar bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori I. Ismailov, BO‘SM ommaviy tadbirlar bo‘yicha metodisti A. Shomurodov va Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar bo‘linmasi kengashi raisi F. Tashtanov boshchiligida qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.