22.04.2025. 2025 yil 21 aprel’ kuni Toshkent davlat transport universitetida kasaba uyushma qo‘mitasi va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish va kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Dastavval jamoa shartnomasi asosida universitet xodimlari va talabalarining huquq va manfaatlarini himoyalash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi. Shundan so‘ng uiversitet kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 2020 yil aprel’ oyidan 2025 yil aprel’ oyigacha bo‘lgan hisobot davrida mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ish beruvchi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi.
Taqdim etilgan hisobotlar yuzasidan bo‘lib o‘tgan muhokamalarda so‘zga chiqqan telegatlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyatini qoniqarli deb baholadilar.
Konferensiyada universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylash jarayonida uch nafar nomzod ilgari surildi va ular orasidan I. Xolboev konferensiya delegatlarining ko‘pchilik ovozi mazkur lavozimga saylandi.
Tadbirlarda ishtirok etgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari — bosh mehnat texnik inspektori D. To‘ychiev, Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Sh. Muhamedxonov hamda mazkur uyushmaning Toshkent shahar kengashi raisi X. Saydaliev ishtirokchilar tomonidan ko‘tarilgan savollarga batafsil ma’lumotlar bilan javob berdilar. Konferensiya yakunida kasaba uyushma qo‘mitasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati