[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

23.04.2025. 2025 yil 22 aprel’ kuni Samarqand viloyat Yoshlar markazida Samarqand viloyat sudi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi hamkorligida “Mehnat kodeksi: mehnat nizolari bilan bog‘liq ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan o‘tkazilib, unda Samarqand viloyat sudi va kasaba uyushmalari rahbarlari, huquqshunoslar, kadrlar bo‘limlari boshliqlari hamda kasaba uyushmalari faollari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan, mehnat huquqlarining buzilishi holatlarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari Zafar Allabaev esa mehnat nizolari bo‘yicha sud amaliyoti, yangi Mehnat kodeksidagi muhim yangiliklar va ularning qo‘llanilishi haqida ma’lumot berdi.

Tadbir savol-javoblarga boy, ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Qatnashchilar o‘zaro fikr almashdilar va amaliyotda uchraydigan muammolar yuzasidan huquqiy tavsiyalarga ega bo‘ldilar.