[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

24.04.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi munosabati bilan, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va mehnat faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Buxoro viloyatida shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” uchun olib borildi.

Tadbirning 1-bosqichida tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan 468 nafar kasaba uyushmasi a’zolari ishtirok etdi. 2-bosqich bellashuvlari esa Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi” binosida o‘tkazildi. Unda 52 nafar ayol va erkak ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimida viloyat Kengashi raisi M.Olimov ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarni tabrikladi hamda ularni tantanali ravishda qutladi.

Bellashuv natijasiga ko‘ra, 4 nafar ishtirokchi respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.