[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

24.04.2025. “Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi haftaligi” doirasida, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi tashabbusi bilan Uchko‘prik tumanidagi 1-maktabda ta’lim muassasalari rahbar xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

O‘yinda Farg‘ona viloyatining 56 ta maktabidan tuzilgan 10 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalar g‘oliblik uchun o‘z bilim va zehnlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Intellektual bellashuvdagi savollar asosan mehnat qonunchiligi mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, har bir ta’lim muassasasi rahbari mazkur sohada yetarlicha bilimga ega bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

Bellashuv yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p savollarga to‘g‘ri javob bergan “Yangi O‘zbekiston” jamoasi 1-o‘rinni egallab, Samarqand shahriga sayohat yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. “Bunyodkor” jamoasi 2-o‘rinni egallab, Xiva shahriga yo‘l oladi. “Sayohatchi” jamoasi esa 3-o‘ringa sazovor bo‘lib, Toshkentga sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

— “Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi haftaligi” doirasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini ta’lim muassasalari rahbarlarining mehnat sohasiga oid bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi, — dedi Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Lolaxon Ahmedova.

Jamoalar berilgan savollarga aniq va to‘g‘ri javob berish orqali g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Haftalik doirasida ta’lim xodimlari uchun qator uchrashuvlar va sayohatlar tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi