[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

28.04.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda mamlakatimizda har oyning bitta shanba va yakshanbasi “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni” deb belgilangani munosabati bilan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!” loyihasi doirasida navbatdagi sayohat tashkil etildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyati kengashi raisi Rustambek Tursunmuradov boshchiligidagi jamoa loyiha doirasida Jizzax viloyatida joylashgan “Xo‘jamushkent” ziyoratgohiga sayohat uyushtirishdi.

Mazkur tashabbus ishchi-xodimlarning mazmunli dam olishini ta’minlash, ichki turizmni rivojlantirish, mehnat jamoalari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan. Sayohat davomida ishtirokchilar “Xo‘jamushkent” ziyoratgohi bilan yaqindan tanishdilar va u yerdan bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.