[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

28.04.2025. Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Xorazm viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi tomonidan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan, “O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi haftaligi” doirasida “Zakovat” o‘yinlari tashkil qilindi. Unda tarmoq shahar-tuman kengashlari va Urganch davlat universiteti, Urganch davlat pedagogika instituti vakillaridan iborat 15 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi.

— Ta’lim — bu so‘ngsiz faoliyat, u doimiy yangilanish va rivojlanishga ehtiyoj sezadi. Bunda “Zakovat” o‘yinlarining hissasi katta. Yurtimizda keyingi yillarda bu turkum o‘yinlar rivojlanayotgani barcha soha vakillarini, ayniqsa yoshlarni teran fikrlashga undamoqda, intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda, — dedi Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Xorazm viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Muyassar Rahimova. — Ushbu o‘yinlarni o‘qituvchilar orasida tashkil qilishdan maqsadimiz — ularni zamon bilan hamnafaslikka undash, bilimlarini rivojlantirish va rag‘batlantirishdir.

Tafakkur sinovlari natijalariga ko‘ra, Gurlan tumani “Jayhun” jamoasi birinchi, Urganch davlat universiteti “Beruniy” jamoasi ikkinchi, Urganch davlat pedagogika instituti “Pedagog” jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.