[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

29.04.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi tomonidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “28 aprel’ -Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” doirasida tashkil etilgan Mehnatni muhofaza qilish haftaligi loirasida “Mehnatni muhofaza qilishning yangi bosqichi: ish o‘rnida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli” mavzusidagi Davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Federatsiyaning Qoraqalpog‘iston Kengashi, Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘limi, tibbiy-ijtimoiy ekspertizasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutasaddilari hamda korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida sun’iy intellektdan tizimli ravishda foydalangan holda xodimlarga xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ularning mehnatini yengillashtirish, ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish, sun’iy intellektdan inson mehnatini yengillashtirish, samaradorlikni oshirish maqsadlarida foydalanish kabi masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, ishtirokchilar mehnatni muhofaza qilish sohasida fikr-mulohaza almashish bilan birga o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Davra suhbati yakunida mehnat muhofazasi va xavfsizligi yo‘nalishida jamoaviy nazoratni tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblari munosib taqdirlandi.29.04.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi tomonidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “28 aprel’ -Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” doirasida tashkil etilgan Mehnatni muhofaza qilish haftaligi loirasida “Mehnatni muhofaza qilishning yangi bosqichi: ish o‘rnida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli” mavzusidagi Davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Federatsiyaning Qoraqalpog‘iston Kengashi, Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘limi, tibbiy-ijtimoiy ekspertizasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutasaddilari hamda korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida sun’iy intellektdan tizimli ravishda foydalangan holda xodimlarga xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ularning mehnatini yengillashtirish, ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish, sun’iy intellektdan inson mehnatini yengillashtirish, samaradorlikni oshirish maqsadlarida foydalanish kabi masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, ishtirokchilar mehnatni muhofaza qilish sohasida fikr-mulohaza almashish bilan birga o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Davra suhbati yakunida mehnat muhofazasi va xavfsizligi yo‘nalishida jamoaviy nazoratni tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblari munosib taqdirlandi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati