[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

30.04.2025. 30.04.2025. Andijon viloyatida 2025 yil 28 apreldan 3 maygacha “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” yuqori tashkiliy darajada o‘tkazilmoqda.

29 aprel’ kuni Andijon Davlat universitetida mazkur haftalik doirasida yirik tadbirlardan biri — “Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda 320 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalarning boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari, mehnat muhofazasi muhandislari, ishchi-xodimlar va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida ishtirokchilar sog‘lom va xavfsiz mehnat targ‘iboti yo‘nalishida tashkil etilgan 50 dan ziyod sohalarga oid ko‘rgazmalar bilan tanishdilar.

Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati kengashi raisi A. Yegamberdiev, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi bosh davlat mehnat texnik inspektori A. Chalaboev, shuningdek Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi mehnat gigienasi bo‘limi mudiri R. Jabbarova ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida “Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan Respublika ko‘rik-tanlovi”ning birinchi bosqichi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Xususan:

“Andijonsuvta’minoti” AJ — “Eng yaxshi tashkilot” nominasiyasida,

Paxtaobod tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi — “Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakili” nominasiyasida,

Bo‘ston tumani politexnikumi — “Eng yaxshi kasaba uyushma tashkiloti” nominasiyasida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

Universitet talabalari tomonidan mehnat muhofazasiga bag‘ishlangan rasmlar tanlovi ham tashkil etildi. G‘oliblar hamda tadbirni amalga oshirishda ishtirok etgan hamkor tashkilotlar vakillari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida madaniyat xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarda ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otdi.