[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

30.04.2025. Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan  Nukus shahridagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasinig “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi va “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunlari, “Mehnat kodeksi”, “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi” mazmun-mohiyati targ‘ibotiga bag‘ishlangan  o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘quv-seminarda yuqorida nomlari keltirilgan qonunlar, shuningdek, Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati, xodimlarning munosib mehnat sharoitida faoliyat yuritishi, ular ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ish joylarida munosib mehnat sharoitlarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi. Shuningdek, seminarda Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan seminarda mavzu yuzasidan so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillligi, pedagog xodimlarga yaratilayotgan sharoitlar xususida ham alohida to‘xtalib o‘tdilar.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati