[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

05.05.2025. Bugungi kunda butun dunyoda ekologik muammolar avj olmoqda va insoniyat hayoti hamda salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Shu sababli dunyo mamlakatlari mazkur muammolarni bartaraf etish bo‘yicha faol sa’y-harakatlar olib bormoqda. Xususan, mamlakatimizda ham davlat rahbarining tashabbusi bilan ekologiya sohasidagi muammolarni oldindan bartaraf etish va ularning salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan 2025 yilning “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi bejiz emas.

Shu munosabat bilan 2025 yil 3 may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston kengashi tashabbusi bilan Ekoturizm aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiyaning asosiy maqsadi — yoshlar ongida atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni shakllantirish va ushbu qadriyatlarni keng targ‘ib qilishdan iborat.

Tadbir doirasida 50 nafar nuroniy va yoshlardan iborat guruh Chilpiq qal’asi hamda Baday to‘g‘ay qo‘riqxonasiga sayohat uyushtirdi.

Ishtirokchilar faqatgina sayohat qilibgina qolmay, tashrif buyurilgan hududlarni chiqindilardan tozalash va saranjom-sarishta qilish ishlarida ham bajonidil qatnashishdi.

Ekoturizmning maqsadi — hozirgi va kelajak avlodlar uchun ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiatdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishdir.

Zotan, tabiatni asrash — kelajakni asrash demakdir. Kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan mazkur aksiyada ushbu g‘oyalar tadbirda o‘z ifodasini topdi.