[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

06.05.2025. 6 may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi Faxriylar kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Faxriylar kengashi raisi A. Mirjalilov, ushbu tarmoq kasaba uyushmasining Respublika kengashi raisi o‘rinbosari A. Yuldashev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi raisi S. Fayzieva, tarmoq kasaba uyushmalari viloyat kengashlari va birlashgan qo‘mitalar raislari, mas’ul tashkilotchilar hamda Toshkent viloyati kengashi Faxriylar kengashi a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Faxriylar kengashining bugungi faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar, tizimda faoliyat yuritib pensiyaga chiqqan faxriylar holidan xabar olish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar va topshiriqlar berilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.