06.05.2025. 2025 yil 6 may kuni Buxoro shahrida Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi shahar kengashining IX hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 2020 yil iyul’ oyidan 2025 yil may oyigacha bo‘lgan faoliyat sarhisob qilindi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama etildi. So‘zga chiqqanlar shahar kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berib, o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.
Konferensiyada taftish komissiyasi hisoboti eshitilib, tasdiqlandi. Yashirin ovoz berish va muqobillik asosida o‘tkazilgan saylov natijasida M. N. Sharipov shahar kengashi raisi etib saylandi. Shuningdek, taftish komissiyasining yangi tarkibi, komissiya raisi hamda viloyat konferensiyasiga delegatlar saylandi.
Anjuman ishida O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Sh. S. Javlonov ham ishtirok etdi.