06.05.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi doirasida o‘tkazilayotgan “Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Navoiy viloyat Kengashi haftaligi” hamda 12 may – Xalqaro “Hamshiralar kuni” munosabati bilan Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasida “Kasbim – faxrim mening” mavzusidagi bayram tadbiri o‘tkazildi.
Ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i M.Ahmedov, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A.Jumaev ishchi-xodimlar va kasaba uyushmasi faollariga mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, kasaba uyushmalarining mehnatkashlar huquq va manfaatlarini himoyalash borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazdilar.
Tadbir davomida tibbiyot sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan faol hamshiralar kasaba uyushmasi qo‘mitasining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati