[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

07.05.2025. 2025 yil 7 may kuni “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki rahbariyatining katta majlislar zalida “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va bank rahbariyati hamkorligida tashkil etildi. Unda qator mutaxassislar va mutasaddilar ishtirok etdi:

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Gaibnazarova Nodira Baxodirjanovna;

O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mutaxassislari Sh. Raxmonov va I. Xazratqulov;

Bankning Axborot xizmati boshlig‘i hamda Inson resurslarini boshqarish departamenti direktori A. Azimov;

“Biznesni rivojlantirish banki” xodimlari va Zoom orqali qo‘shilgan hududiy filiallar vakillari.

Jami 400 dan ortiq ishtirokchi ishtirok etgan tadbirda mehnat xavfsizligini ta’minlashda jamoatchilik nazoratining o‘rni, ish joylarida zamonaviy texnologiyalardan, jumladan, sun’iy intellekt va raqamlashtirish imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida mehnat muhofazasi sohasidagi yangiliklar, xalqaro tajriba va milliy amaliyotlar o‘rtasidagi uyg‘unlik haqida fikr almashildi hamda tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati