[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

08.05.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan, “Xotira va qadrlash kuni” arafasida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Payariq tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan faxriy o‘qituvchilar ishtirokida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

Tadbir iliq, samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. Faxriylar o‘zaro eski xotiralarni eslab, shaxmat doskasi atrofida qizg‘in bahslarda ishtirok etdilar. Musobaqa g‘oliblari aniqlangan bo‘lsa-da, barcha qatnashchilarga taqdir sifatida esdalik sovg‘alari O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Payariq tuman bo‘linmasi Kengashi raisi Abdujabborxon Narzullayev tomonidan topshirildi.

Tadbir Mustaqillik mahallasi yangi binosida bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga shaxmat ustasi Raxmatulla Qorjovov hakamlik qildi. Bayramona tadbir choy ustida iliq suhbat bilan yakunlandi.