[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

08.05.2025. Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida yashovchi fuqaro H.Yunusova o‘z turmush o‘rtog‘i Z. To‘xtamishevning 2019 yildan buyon kasb kasalligiga chalinganligi va sog‘ligiga yetkazilgan zarar uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan kompensasiya mablag‘lari 2024 yil oktyabr oyidan buyon noto‘g‘ri hisoblangan holda to‘lanayotgani yuzasidan murojaat qilgan edi.

Murojaat O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mutaxassislari tomonidan vakolati doirasida o‘rganildi. Kasaba uyushmalari aralashuvi natijasida Z. To‘xtamishevga 28 million 700 ming so‘m kompensasiya to‘lab berilishi ta’minlandi.

D. Samarbekov

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi