11.05.2025. Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari xarakatining 120 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi xaftaligi” doirasida 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan spartakiada bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatdagi sog‘liqni saqlash muassasalarida mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari sportning mini-futbol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha kuch sinashdilar.
Musobaqalar yakuniga ko‘ra 1-o‘rin Guliston tibbiyot klasteri jamoasiga, 2-o‘rin Boyovut tumani tibbiyot birlashmasi jamoasiga, 3-o‘rin esa Shirin shaxar tibbiyot birlashmasi jamoasiga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati