[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

12.05.2025. Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lomlashtirish hamda munosib mehnat sharoitlarini yaratish — kasaba uyushmalarining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida bu borada muhim qadamlar qo‘yilmoqda.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi tashabbusi bilan joriy yilning o‘tgan to‘rt oyi davomida 397 nafar tibbiyot xodimlari va ularning oila a’zolari respublika sanatoriylariga imtiyozli yo‘llanmalar asosida yuborilib, sog‘lomlashtirildi.

Shu bilan birga, Federatsiya harakatining 120 yilligi hamda 12 may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda Samarqand viloyati kasaba uyushmalari kengashi raisi o‘rinbosari A.Abdusaidov va Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi raisi G‘.Rustamov ishtirok etib, el-yurtida obro‘ topgan, o‘z kasbiga sadoqatli hamshiralarni bayram bilan tabriklashdi.

Tadbir chog‘ida viloyatda faoliyat yuritayotgan 5 nafar fidoyi hamshiraga Toshkent viloyatida joylashgan “Ko‘hinur” sanatoriysiga bepul yo‘llanma sertifikatlari topshirildi.

Payariq tumani tibbiyot birlashmasida mehnat qilayotgan hamshira Aydin Abdurashidova o‘z so‘zida Prezidentimizning tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslari, yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini ta’kidladi. U ko‘p yillik halol mehnati e’tirof etilib, “Ko‘hinur” sanatoriysiga yo‘llanma berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.