[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

14.05.2025. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 noyabrdagi “Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025 yil 13 fevral’ kuni o‘tkazilgan olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholining jismoniy faolligini oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va O‘zbekiston Suv sporti Federatsiyasi hamkorligida joriy yilning 15-17 may kunlari mamlakatimizda ilk bora Sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi” 1-chi ochiq Markaziy Osiyo Chempionati o‘tkazilmoqda.

Yuksak daraja va yuqori saviyada O‘zbekiston kasaba uyushmalarining “Suv sporti saroyi”da tashkil etilayotgan xalqaro musobaqalarda Rossiya, Belarus’ Respublikasi, Bolgariya, Birlashgan Arab Amirliklari, Qozog‘iston kabi horijiy davlatlar sportchilari ishtirok etadilar.
Toshkent shahrida tantanali ravishda kutib olingan xalqaro musobaqalar ishtirokchilari Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi “Chinobod plaza”, “Chinobod” va “Turon” sanaroriylariga joylashtirildi. Ushbu sihatgohlarda ularning dam olib, musobaqalarga yuksak darajada tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar va qulayliklar yaratib berildi.

Sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi” 1-chi ochiq Markaziy Osiyo Chempionati ishtirokchilari dastlab “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da bo‘lib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydilar.

Yangi O‘zbekiston majmuasi bilan tanishuv jarayonlarida horijiy mamlakatlardan kelgan delegasiyalar vakillari bo‘lgan sporchi yoshlarga so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda Prezidentimiz tashabbuslari bilan inson qadrini ulug‘lash va manfaatlarini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va ularning ijobiy natijalari, shu jumladan, yurtimizda ommaviy va professional sportni rivojlantirish, zamonaviy sport inshootlarini barpo etish, buning uchun zarur tuzilmalarni shakllantirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar yetkazildi.

Shundan so‘ng Toshkent shahri bo‘ylab tashkil etilgan sayohatlar davomida mehmonlar so‘nggi yillarda poytaxtimizda barpo etilgan zamonaviy inshootlar va diqqatga sazovor maskanlar bilan yaqindan tanishtirildi.

U12, U15 va Kattalar yosh toifalaridagi sportchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi” 1-chi ochiq Markaziy Osiyo Chempionatida O‘zbekiston, Rossiya, Bolgariya, Birlashgan Arab Amirliklari, Belarus’ Respublikasi va Qozog‘iston va kabi davlatlardan 200 nafarga yaqin sportchi 186 ta medal’ jamg‘armasi uchun bahs olib boradi.
Ushbu chempionatda O‘zbekiston sharafini 66 nafar sportchi himoya qiladi.

Muhabbat O‘rmonbekova

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari