[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

14.05.2025. Samarqand viloyatining tuman va shaharlarida Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tizimida hisobot-saylov konferensiyalari o‘tkazilmoqda. Jumladan, Ishtixon tumanida ham mazkur konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparati tashkiliy ishlar bo‘limi bosh mutaxassisi Shaxnoza Oripovna Odilxonova, Federatsiyaning Samarqand viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Akbar Abduvalievich Abdusaidov, viloyat kengashi raisi Normurod Rajabov, shuningdek, Ishtixon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Qosim Paxriddinovich Nurdinov ishtirok etdi.

Konferensiyada 2020 yil may oyidan 2025 yil may oyigacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyat yuzasidan Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Ishtixon tumani kengashi raisi Shokir Daminovich Axmedovning hisoboti tinglandi.

Xisobot davrida tuman kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirildi. 2020–2024 yillar mobaynida jami 823 ta murojaat qayd etilgan bo‘lib, ulardan 671 tasi yozma, 152 tasi esa ishonch telefoni va og‘zaki murojaatlardir. Murojaatlarning 705 tasi ijobiy hal etilgan, 118 tasiga esa zarur tushuntirishlar berilgan.

Tashkilotlar o‘rtasidagi jamoa shartnomalari asosida bir xodimga to‘g‘ri keladigan yillik sarf-xarajat miqdori o‘rtacha 7 million 533 ming 600 so‘mni tashkil etdi.

Hisobot davrida 103 nafar ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolari O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarga yuborilib, sog‘lomlashtirish choralari ko‘rildi. Shuningdek, 268 nafar xodim farzandlari viloyatdagi oromgohlarda dam oldilar.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida jamoa shartnomalari asosida 894 nafar xodim va ularning yaqinlari uchun sayyohatlar tashkil etildi.

Tadbirda shuningdek, hisobot davri mobaynida tuman kengashi va boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot”, “Mehnat muhofazasi jamoatchilik nazoratini eng yaxshi tashkil etish”, “Eng yaxshi ijtimoiy sherik” va “Energiya tejamkorligi” nominasiyalari bo‘yicha tashkil etilgan ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etilgani alohida ta’kidlandi.

Delegatlar tomonidan hisobot “qoniqarli” deb baholandi. Konferensiya davomida tuman bo‘linmasi kengashi raisligiga nomzodlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi. Sanoq komissiyasi xulosasiga ko‘ra, Shokir Axmedov ko‘pchilik ovoz bilan qaytadan raislikka saylandi.