[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

16.05.2025. “O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi”, 12 may – “Halqaro hamshiralar kuni” hamda “O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi haftaligi” munosabati bilan viloyatimizda o‘tkazilgan “Hamshira–2025” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari va faol hamshiralardan iborat 50 nafar hamshira Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘ylab to‘rt kunlik turistik sayohatga yuborildi.

Hamshiralarimizning mazmunli dam olishlari uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratib berildi. Shu bilan birga, ularning madaniy hordiq chiqarishlari maqsadida Toshkent shahridagi Milliy teatr tomoshasi, turli ko‘ngilochar madaniy tadbirlar, Toshkent shahri va viloyatidagi diqqatga sazovor joylar, jumladan, G‘alaba bog‘i, “Magic City”, Toshkent viloyatidagi “Orient Village” va “Piramida” dam olish maskanlariga tashriflar tashkil etildi.

Dam olish jarayonida hamshiralarimiz uchun O‘zbekistonning taniqli xonandalari — Dildora Niyozova, Oybek va Nigora, Xosila Rahimova, Aziza Qobilova, Dilnoza Hakimova, Shohruxxon va Ulug‘bek Rahmatullaevlar tomonidan go‘zal kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.