20.05.2025. Bugun Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Qamashi tuman tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri K. Atabaev, O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi B. Xo‘jayarov hamda “Bozor o‘g‘li Abdi” fermer xo‘jaligi raisi, O‘zbekiston Qahramoni A. Bozorov ishtirok etdi.
Yig‘ilishda 50 nafar delegatdan 45 nafari qatnashdi. Konferensiya doirasida Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Qamashi tuman kengashi raisi lavozimiga saylov o‘tkazildi. Saylov natijalariga ko‘ra, Nortoji Qosimov navbatdagi muddatga kengash raisi etib saylandi.