[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

20.05.2025. 2025 yil 16 may kuni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Yangier shahar bo‘linmasining I hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ishida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Bedilov Ravshan Melsovich, Respublika kengashining Sirdaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi A. Mamarasulov hamda viloyat kengashi raisining o‘rinbosari Bahodir Hamidjanov ishtirok etdi.

Konferensiyada shahar bo‘linmasi kengashining 2020 yil iyul’ oyidan 2025 yil may oyigacha bo‘lgan faoliyati va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yashirin ovoz berish va muqobillik asosida o‘tkazilgan saylov natijasiga ko‘ra, U. Allanazarov shahar bo‘linmasi kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, shahar bo‘linmasi kengashi tarkibi a’zolari va taftish komissiyasi a’zolari saylandi. Viloyat konferensiyasiga ikki nafar delegat saylandi.