21.05.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi, Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Navoiy viloyati sport boshqarmasi hamkorligida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Sog‘lom tanda — sifatli ta’lim” shiori ostida “Kasaba uyushmasi kubogi” musobaqalarining viloyat bosqichiga start berildi. Bellashuvlar voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi va mini-futbol sport turlari bo‘yicha tashkil etildi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi raisi Nazira Tog‘aeva hamda viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Normurod Isoqov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi va musobaqani ochiq deb e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy qur’a tashlash marosimi o‘tkazilib, bellashuvlarga start berildi.
Bellashuvlarda nafaqat erkaklar, balki ayollar jamoalari ham faol ishtirok etdi. Musobaqalarda umumta’lim maktablarining 319 nafar o‘qituvchisi qatnashmoqda. Bu esa joylarda jismoniy tarbiya va sportning ommalashib borayotganidan dalolat beradi.
— Viloyat bosqichi qizg‘in va murosasiz o‘tmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasidagi voleybol bellashuvlari ko‘tarinki ruhda va taassurotlarga boy bo‘lmoqda, — dedi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi raisi Nazira Tog‘aeva.
Musobaqalarni o‘tkazishdan asosiy maqsad — o‘qituvchilarning jismoniy faolligini oshirish hamda ta’lim muassasalari xodimlarini sportga keng jalb qilishdir.
Sport turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va sport formalari to‘plami bilan taqdirlandi. Barcha sport turlari bo‘yicha eng ko‘p ochko jamg‘argan Xatirchi tumani jamoasi “Kasaba uyushmalari kubogi” hamda 30 million so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Musobaqalar natijalari:
Mini-futbol (erkaklar):
1-o‘rin — Xatirchi tumani
2-o‘rin — Navbahor tumani
3-o‘rin — Nurota tumani
Voleybol (erkaklar):
1-o‘rin — Qiziltepa tumani
2-o‘rin — Zarafshon shahri
3-o‘rin — Tomdi tumani
Voleybol (ayollar):
1-o‘rin — Xatirchi tumani
2-o‘rin — Navoiy shahri
3-o‘rin — Navbahor tumani
Stol tennisi (erkaklar):
1-o‘rin — Muhammadiev Doston (Karmana tumani)
2-o‘rin — Boymurodov Baxtiyor (Qiziltepa tumani)
3-o‘rin — Eshmurodov Shahriyor (Navoiy shahri)
Stol tennisi (ayollar):
1-o‘rin — Ro‘ziqulova Dilnoza (Navbahor tumani)
2-o‘rin — Nuralieva Nargiza (Tomdi tumani)
3-o‘rin — Rahmatova Shaxlo (Navoiy shahri)
Shaxmat (erkaklar):
1-o‘rin — Axtamov Shӯhrat (Navbahor tumani)
2-o‘rin — Abdurahmonov Bekzod (Xatirchi tumani)
3-o‘rin — Saidov Erkin (Qiziltepa tumani)
Shaxmat (ayollar):
1-o‘rin — Bobonorova Yoqutxon (Xatirchi tumani)
2-o‘rin — Radjabova Shalola (Qiziltepa tumani)
3-o‘rin — Karimova Olima (Navbahor tumani)
Shashka (erkaklar):
1-o‘rin — Doniyorov Alisher (Xatirchi tumani)
2-o‘rin — Boboqulov Ro‘zimurod (Karmana tumani)
3-o‘rin — Moldoberganov Hamid (Zarafshon shahri)
Shashka (ayollar):
1-o‘rin — Yusupova Aziza (Xatirchi tumani)
2-o‘rin — Fayzieva Muxlisa (Karmana tumani)
3-o‘rin — Jo‘raeva Shaxlo (Qiziltepa tumani)