21.05.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan maxsus haftalik tadbirlar boshlandi.
Shu munosabat bilan tarmoq tizimidagi “Navoiyazot” AJ korxonasi tasarrufidagi “Oftobjon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi va sexlarda qator tadbirlar o‘tkazildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi apparati xodimlari va jamiyat mutaxassislari ishtirokida “Oftobjon” oromgohida daraxt ko‘chatlari ekildi.
Shundan so‘ng korxona xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida turli millatlar urf-odatlarini o‘zida aks ettirgan “Milliy qadriyatlar” ko‘rik-tanlovi, “Zakovat” intellektual o‘yini va “Milliy osh” tanlovi tashkil etildi.
“Zakovat” intellektual turnirida jamiyat mutaxassislaridan iborat 5 ta jamoa o‘zaro bellashdi. “Milliy osh” tanlovida esa 5 ta qozonda kimyogarlar tomonidan milliy taom tayyorlandi.
Tadbirlar yakunida faol ishtirok etgan xodimlar va oromgoh jamoasi bir qator nominasiyalar bo‘yicha Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligiga bag‘ishlangan haftalik tadbirlar davom etmoqda.
Shavkat Toirov
Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi