[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

21.05.2025. Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bu gal ta’lim muassasalari xodimlari maydonga tushishdi. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyati kengashi kubogi uchun o‘tkazilgan sport musobaqalari qizg‘in ruhda o‘tdi.

Musobaqalarda 500 ga yaqin ishtirokchi sportning stol tennisi, shaxmat, shashka, mini-futbol va voleybol turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Qizg‘in bellashuvlar jarayonida ma’lum bo‘ldiki, ta’lim sohasi xodimlari orasida sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar juda ko‘p.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar sonini oshirish, ta’lim muassasalari xodimlarini sport tadbirlariga keng jalb etish kabi maqsadlarda tashkil etilgan “Sog‘lom tanda — sifatli ta’lim” shiori ostidagi bellashuvlar hakamlar hay’ati tomonidan doimiy kuzatilib, baholab borildi.

Erkaklar va ayollar jamoalari faol ishtirok etgan musobaqalar nihoyasiga yetdi va g‘oliblar aniqlandi. Umumjamoa hisobida mutloq g‘olib deb topilgan Guliston tumani jamoasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyati kengashi kubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, g‘olib jamoaga 30 million so‘m pul mukofoti hamda viloyat sport boshqarmasining esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.