[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

23.05.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Guliston Davlat Pedagogika institutida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat kengashi raisi Rustambek Tursunmuradov bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat boshqarmasi, institutning yosh pedagog xodimlari va talaba yoshlardan 180 nafari ishtirok etdi.

Tadbirda Rustambek Tursunmuradov Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yilning 14 fevral’ kuni yoshlar bilan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar haqida so‘z yuritib, yoshlarni bunday imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ibratli ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv so‘ngida Guliston Davlat Pedagogika institutida faoliyat olib borayotgan bir qator yosh pedagog-o‘qituvchilar va talabalarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat kengashining esdalik sovg‘alari hamda Samarqand viloyatiga ikki kunlik bepul sayohatga sertifikatlar taqdim etildi.

Erkin Ahmedov

O‘KUF viloyat kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi