26.05.2025. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 18 maydagi 3-06 “s”-sonli qarori — “Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan faol yoshlarga kasaba uyushmalari stipendiyasi ajratish hamda kasaba uyushma a’zosi bo‘lgan faol yoshlar uchun sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar berish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror, shuningdek, Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyati kengashi huzuridagi komissiya xulosasi asosida:
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Pediatriya fakul’teti 2-bosqich, 231-guruh talabasi Babajonova Sitorabonu Yusupboy qizi kasaba uyushmasining faol a’zosi sifatida respublikamizdagi sog‘lomlashtirish markazlaridan biriga bepul yo‘llanma bilan taqdirlandi va maxsus sertifikatga ega bo‘ldi.
Talabamiz o‘z xohishiga ko‘ra istalgan sog‘lomlashtirish maskanida dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.