[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

27.05.2025. Joriy yilning 26–30 may kunlari “O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Haftalik doirasida tarmoq kasaba uyushmasi tomonidan tizim tashkilotlarida mehnat qilayotgan xodimlar uchun Turin politexnika universitetida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir hamda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Tadbirni Respublika kengashi raisi A.Xakulov kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi maslahatchisi X.Sharipov kasaba uyushmalari harakatining tarixi haqida ma’ruza qildi.

Shuningdek, tarmoq kasaba uyushmasi faxriylari V.Xoshimova va Sh.Isroilov o‘z xotiralari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir doirasida yoshlar va faxriylar o‘rtasida samimiy muloqot tashkil etildi.