[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

28.05.2025. 2025 yilning 27 may kuni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Mirzaobod tuman bo‘linmasining I Hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiya O‘zbekiston ta’lim va fan  xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashining Sirdaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Alijon Mamarasulov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat kengashi mutaxassisi Hayitboy Namatov so‘z olib, bugungi kunda kasaba uyushmalari tomonidan soha xodimlarining huquq va manfaatlarini himoyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarto‘g‘risida batafsil ma’lumot yebrdilar.

Konferensiyada tarmoq kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi kengashining 2020 yil iyul oyidan 2025 yil may oyigacha bo‘lgan faoliyati va kelgusidagi vazifalari muhokama qilinib,  tegishli qarorlar qabul qilindi.

Muhokamalarda so‘zga chiqqan delegatlar kasaba uyushmasi faoliyatiga doir o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Muqobillik asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijasida B.Axrorov tarmoq kasaba uyushmasining Mirzaobod tuman bo‘linmasi kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, tuman  bulinmasi kengashi a’zolari, taftish komissiyasi a’zolari hamda viloyat konferensiyasiga delegatlar saylandi.