02.06.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda tarmoq kasaba uyushmasi haftaligi doirasida Andijon viloyatida joylashgan “Avtotexxizmat” MChJda “Usta–2025” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlov “Elektr qismlarini ta’mirlash”, “Dvigatel qismlarini ta’mirlash” va “Yurish qismlarini ta’mirlash” kabi 3 ta yo‘nalish bo‘yicha amaliy hamda nazariy bosqichlarda o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilar tarmoq kasaba uyushmasi Andijon viloyati kengashi tomonidan qimmatbaho hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.