[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

02.06.2025. Dunyodagi eng aziz ne’mat — bu farzandlarimiz va ularning beg‘ubor qalbidir. Ularga mehr ko‘rsatish, asrab-avaylash va barkamol qilib voyaga yetkazish — har birimiz uchun muqaddas burchdir.

1 iyun’ — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sirdaryo IES kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan ishchi-xodimlarning 7 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan farzandlari o‘rtasida “Bolalarga bering dunyoni!” shiori ostida an’anaviy sport estafetasi o‘tkazildi.

Ushbu tadbir bolajonlarning jismoniy faolligini oshirish, do‘stlik va jamoaviylikni kuchaytirish, shuningdek, ularga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida tashkil etildi.