04.06.2025. “Zomin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi mavsumning 262 nafar ilk dam oluvchi bolajonlarini mamnuniyat ila qarshi oldi.
Go‘zal tabiati bilan har qanday insonni maftun etadigan ushbu maskan bolajonlar bilan yanada fayzli tus oldi. Bu yerda ularning mazmunli va maroqli hordiq chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
O‘g‘il-qizlar sport bilan shug‘ullanishmoqda, ularning iste’dodlarini namoyon etishlari uchun turli to‘garaklar faoliyat olib bormoqda.
Bundan tashqari, ingliz va rus tillari, shuningdek, adabiyot fanlari bo‘yicha mahorat darslari ham tashkil etilgan. Bolalar adabiyoti, ertaklar va she’rlar bilan boyitilgan. Kutubxona dam oluvchilar ixtiyorida.