[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

09.06.2025. 7 iyun’ kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan barpo etilgan “Sirdaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Sirdaryo viloyati hokimligi mutasaddilari, faxriylar va ota-onalar ishtirok etdilar.

Ochilish marosimida ta’kidlanishicha, yurtimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan. Harakatlar strategiyasi hamda “Beshta tashabbus” doirasida ijtimoiy sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani, ayniqsa yosh avlod tarbiyasiga alohida ahamiyat berilayotgani qayd etildi. Yangi oromgohning barpo etilishi ham aynan ushbu tashabbuslar ijrosiga xizmat qiladi.

200 o‘ringa mo‘ljallangan “Sirdaryo” bolalar oromgohi mehnatkashlar farzandlari uchun ochiq. U 10 gektardan ziyod maydonda qurilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu loyiha uchun 40 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangani – yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash masalasi davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etishini yaqqol ko‘rsatadi.

Bugungi kunda Prezidentimiz tashabbuslari bilan sog‘lom va ma’nan yetuk avlodni voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar xalqaro darajada ham e’tirof etilmoqda. “Sirdaryo” oromg‘oni jahon standartlariga javob beradigan, o‘ziga xos va zamonaviy infratuzilmaga ega maskan sifatida ajralib turadi.

Bu yerda bolalar nafaqat maroqli dam oladi va jismonan chiniqadi, balki bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Oromgohda Madaniyat va ma’rifat markazi, boy kitob fondiga ega Axborot-resurs markazi, to‘garaklar uchun maxsus xonalar, amfiteatr, isitish tizimli suzish havzasi, bolalar maydonchalari, zamonaviy yotoqxonalar, oshxona, yuvinish xonalari, hamda ota-onalar uchun suhbat ayvonchalari barpo etilgan.

Tibbiyot majmuasi orqali bolalar salomatligi doimiy nazoratda. Ovqatlanish rasioniga esa mahalliy tabiiy ne’matlar va darmondorilar asosida tayyorlangan taomlar kiritilgan.

Joriy yilda oromgoh 5 navbatda faoliyat yuritishi rejalashtirilgan bo‘lib, 1000 nafardan ziyod bola shu yerda maroqli dam oladi va salomatligini mustahkamlaydi.