11.06.2025. O‘zbekiston “Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi”ni nishonlash bo‘yicha tasdiqlangan konsepsiya doirasida, O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining haftaligi doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida maxsus tanlov tashkil etildi.
Tarmoq korxona va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan hamda mazkur yo‘nalishda ta’lim olayotgan yoshlar o‘rtasida “Eng faol yosh ishchi-kasb egasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, ularning kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish, shuningdek, eng yaxshi xalqaro ishlanmalarni kasbiy ta’lim tizimiga tatbiq etish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etildi.
Bellashuvlar “G‘isht terish — umumqurilish ishlari ustasi” va “Quruq qurilish va pardozlash ishlari ustasi” yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy hamda amaliy bosqichlarda o‘tkazildi. Respublika bosqichida mamlakatning 14 ta hududidan 28 nafar (har bir viloyatdan 2 nafardan) yosh mutaxassis ishtirok etdi.
Haqqoniy baholash asosida tanlov g‘oliblari aniqlandi:
“G‘isht terish — umumqurilish ishlari ustasi” yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin — Amirov Lazizbek (Toshkent viloyati)
🥈 2-o‘rin — Abdujadilov Muhammaddiyor (Surxandaryo viloyati)
🥉 3-o‘rin — Fayzieva Istatbonu (Buxoro viloyati)
“Quruq qurilish va pardozlash ishlari ustasi” yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin — Azimov Azizbek (Buxoro viloyati)
🥈 2-o‘rin — Abdujadilov Fazliddin (Toshkent shahri)
🥉 3-o‘rin — Ergashev Jamoliddin (Jizzax viloyati)
G‘oliblar Respublika Kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.