13.06.2025. Namanganda mehnat faxriylari uchun madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
2025 yil 5 iyun’ kuni Namangan shahridagi “Bog‘i Eram” tantanalar majmuasida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Namangan shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan “Kasaba uyushmalarining 120 yilligi” hamda 2025 yil — “Atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan pensiya yoshidagi xodimlarni rag‘batlantirish va keksa avlod mehnatini ulug‘lash maqsadida “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Namangan shahar bo‘linmasi kengashi raisi Akmalxon Umarov ochdi va olib bordi.
Tadbir ishtirokchilarini tantanali tarzda A.Boltaboev, A.Nasriddinov, Q.Xolboev va M.Qoraboev tabriklab, o‘z so‘zlarida ustoz va murabbiylarning yosh avlodni ta’lim-tarbiyalashdagi ulkan vazifalariga e’tibor qaratdilar.
Tadbir davomida ustoz va kasaba uyushma faoli Gulbahor Rahmatullaevaning ijrosidagi qo‘shiqlar ishtirokchilar tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.
Tadbir yakunsida 210 nafar pensiya yoshidagi xodimlar, mehnat faxriylari va tadbir ishtirokchilariga shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, mehnat faxriylaridan Sojidaxon Iminova (11-maktab), Baxriniso Ismanova (16-maktab), Marg‘ubaxon Mirjalolova (5-maktab) hamda 27-maktabdan bir guruh kasaba uyushma faollari minnatdorchilik izhor etdilar.