[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

20.06.2025. Nukus shahrida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashkilotining II hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ishida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparati Tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Kamoliddin Isroilov, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari Respublika kengashi raisining o‘rinbosari Odiljon Mirzaev, Respublika kengashi mehnat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Timur Tolibaev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi raisi Ulug‘bek Jalmenov, tarmoq Kengashi raisi Dilafro‘z Qutlimuratova hamda delegatlar ishtirok etdi.

Tadbirda Respublika Kengashi raisi Dilafro‘z Qutlimuratovaning hisobot ma’ruzasi tinglandi. Unda tashkilotning so‘nggi 5 yildagi faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Konferensiya doirasida Respublika Kengashi raisi hamda o‘rinbosari lavozimlari uchun muqobillik asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylov o‘tkazildi.

Sanoq komissiyasi raisining ma’lum qilishicha, konferensiya delegatlari nomzod Dilafro‘z Qutlimuratovani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi etib sayladilar. Uning o‘rinbosari lavozimiga esa Satpay Oteuliev saylandi.