[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

23.06.2025. Farg‘ona viloyatida Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Azizbek Suyarqulov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi raisi o‘rinbosari Lolaxon Ahmedova, Farg‘ona viloyati kengashi raisi Rasuljon Rahimov va 60 nafar delegat ishtirok etdi.

Konferensiya avvalida delegatlar kasaba uyushmaning o‘tgan besh yillik faoliyati yuzasidan Rasuljon Rahimovning hisobot ma’ruzasini tingladilar.

Bugungi kunda tarmoq kasaba uyushmasining 247 ta boshlang‘ich tashkilotida jami 49 198 nafar a’zo faoliyat yuritmoqda.

Jamoa shartnomalari asosida 2020 yilda bir xodimga to‘g‘ri kelgan sarf mablag‘i 3 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich qariyb 8 million so‘mga yetdi.

Xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 4300 nafardan ziyod xodim teatr, konsert, muzeylarga tashrif buyurish imkoniga ega bo‘ldi. Ular uchun sog‘lomlashtirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyati jamoasi 2024 yilda respublika miqyosida o‘tkazilgan spartakiadada faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida 13 352 nafar xodim va ularning oila a’zolari mamlakatimizning turli hududlariga sayohatga olib borildi.

Kasaba uyushmalari tasarrufidagi sihatgohlarda 1246 nafar a’zo sog‘lig‘ini mustahkamladi. Shuningdek, 4000 nafar bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oldilar.

Yozma murojaatlar tezkorlik bilan ko‘rib chiqildi. Jami 21 ta holatda ish beruvchilarga, 20 ta holatda esa sud organlariga taqdimnomalar yuborildi. Natijada 670 million so‘m miqdoridagi ish haqlari a’zolar foydasiga undirib berildi.

So‘zga chiqqanlar kasaba uyushmasi yetakchisi va taftish komissiyasining faoliyatini ijobiy baholab, kasaba uyushmalari har jabhada a’zolar manfaatlarini himoya qilayotganini ta’kidladilar.

Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijasiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati kengashi raisligiga Rasuljon Rahimov qayta saylandi.