23.06.2025. 2025 yil 19 iyun’ kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashining katta majlislar zalida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati bo‘linmasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Xanapiyaev Farhodjon Rahmonovich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi raisi Fayzieva Sayera Mavlyanovna, Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Mirzarahimova Saida Salaxaydinovna, Toshkent viloyati bolalar ftiziatriya sanatoriysi bosh shifokori Yuldasheva Feruza Irkinovna, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyatidagi psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan bolalar uyi direktori To‘xtanazarova Gulnora Mahmadjonovna, Bekobod shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Ahmedov Rustamjon Lutfullaevich, Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining onalar va bolalarga tibbiy yordamni tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi Hakimova Rona Xayrullaevna, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent viloyati filiali rahbari o‘rinbosari Pirmatov Yusub Sadullaevich, O‘zbekiston hamshiralar assosiasiyasi Toshkent viloyati bo‘linmasi raisi Odilova Noila Komilovna, Oqqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori o‘rinbosari Bahromov Xasan Yo‘ldoshevich hamda boshqa taklif etilgan mehmonlar, hamkor tashkilotlar vakillari va quyi tashkilotlardan saylangan 48 nafar delegat ishtirok etdi.
Konferensiyada kasaba uyushmaning 2021 yil aprelidan 2025 yil iyunigacha bo‘lgan faoliyati “qoniqarli” deb baholandi va taftish komissiyasi hisoboti tasdiqlandi.
Hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomning 3.3.22-bandiga muvofiq, ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod etilgan kasaba uyushmasining hududiy kengashlari raislari va ularning o‘rinbosarlari saylovi muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu talab asosida, Toshkent viloyati Kengashi raisi lavozimiga kelgusi besh yil muddatga Ataxodjaev Ziyodillaxon Muzaffarovich qayta saylandi.
Shuningdek, viloyat Kengashi tarkibi, taftish komissiyasi a’zolari va uning raisi saylandi.
Kun tartibidagi barcha masalalar delegatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Konferensiya yakunida Toshkent viloyati Kengashining birinchi tashkilotchilik majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Rayosat a’zolari hamda jamoatchilik asosidagi viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari saylandi.
Shu bilan birga, keyingi besh yil mobaynida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan Toshkent viloyati Kengashining ustuvor vazifalari belgilab olindi.