[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

27.06.2025. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan mamlakatimiz kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi oldidan “Kasaba uyushmalari yoshlari – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” Respublika yoshlar forumi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosatiga oid farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonlariga yanada keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan mazkur anjumanda Respublikamizning turli hududlaridan 200 nafarga yaqin turli sohalarda mehnat qilayotgan yosh mutaxassislar ishtirok etdilar.

Anjuman ishtirochilari dastlab poytaxtimizdagi Adiblar hiyobonida bo‘lib, o‘zbek tili asoschisi, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar.

Ta’kidlash zarurki, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahnamoligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini ta’minlash, munosib ish sharoitlari va mehnat bozorida teng imkoniyatlar yaratish, yoshlarning ijtimoiy masalalardagi faolligini oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada O‘zbekistonda yoshlar siyosati borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar dunyo miqyosida tan olinmoqda. Mamlakatimiz yoshlar siyosati sohasida eng tez rivojlanayotgan davlatlardan biri, deb e’tirof etilgani, Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan “Yoshlar strategiyasi – 2030”ni namunaviy tarzda amalga oshirish bo‘yicha tanlab olingan 10 ta mamlakatdan biri aynan O‘zbekiston ekanligi, 2022 yilda Buxoro shahri – Turkiy dunyo yoshlari poytaxti, 2024 yilda esa azim Toshkentimiz – Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mintaqasida birinchi yoshlar poytaxti deb e’lon qilingani buning yorqin dalilidir.

120 yillik tarixga ega bo‘lgan va bugungi kunda o‘z saflarida 7 milliondan ortiq a’zoni birlashtirgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari a’zolarining 50 foizini yoshlar tashkil etmoqda. Shu bois, korxona, tashkilot va muassasalardagi Jamoa shartnomalari va kelishuvlariga Yoshlar manfaatlari himoyasiga bag‘ishlangan alohida bo‘lim kiritilib, yosh mutaxassislarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlarini himoyalash, ular uchun imtiyoz va kafolotlar berish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviyatini yuksaltirish, salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish orqali sog‘lom turmush tarzi barqarorligini ta’minlash yo‘nalishlarida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Forum davomida ishtirokchilar Prezidentimiz tashabbuslari bilan inson manfaatlarini ta’minlash borasida barcha sohalarda birdek olib borilayotgan islohotlarning natijalari bilan tanishish, o‘z bilim va tajribalarini oshirish, jamiyat taraqqiyoti uchun dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish, kasaba uyushmalari harakatining tarixiy ahamiyatini anglash, shuningdek, mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shish maqsadida amaliy takliflar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Xususan, har bir hududdan 14 nafardan yoshlar Ijtimoiy yetakchilik, Adabiyot va she’riyat, Axborot texnologiyalari va raqamli innovasiyalar, Tasviriy san’at va dizayn, Musiqiy ijod va ijro, Dizayn va arxitektura, Ilmiy tadqiqot va innovasiya,  Foto va video ijod, Sport va jismoniy faollik, Milliy taomlar va gastronomik turizm, Sog‘lom turmush tarzi va farovon hayot, Kasaba uyushmalari yoshlar harakati yetakchilari yo‘nalishlarida 30 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalarda, xususan, Yangi O‘zbekiston universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi,  Sog‘liqni saqlash vazirligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida bo‘lib, ular faoliyati bilan tanishdilar. Tanishish asnosida yoshlarga sohaning tarixi va Yangi O‘zbekistonda rivojlanish tendensiyalari, kelgusidagi rejalari, mehnat bozoridagi ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ular uchun mahorat darslari, treninglar, tajriba almashish sessiyalari tashkil etildi. Mazkur tadbirlar davomida, Forum ishtirokchilari Prezidentimiz rahbarligida Respublikada yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlarning amaldagi ifodasi bilan batafsil tanishtirildi. Shu bilan birga yoshlarning innovasion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish hamda startaplarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Forum doirasida yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, mehnat bozorida munosib o‘rin topish, kasbiy rivojlanish kabi muhim masalalar ham muhokama etilib, tegishli taklif va tashabbuslar ishlab chiqildi. Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida Formu ishtirokchilari 3 guruhga bo‘lingan holda trener va moderatorlar rahbarligida har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘zlarining g‘oya va ishlanmalarini rivojlantirib, taqdimotlarini namoyish etdilar. Taqdimotlar yakunida barcha ishtirokchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan maxsus Sertifikatlar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Forum doirasidagi tadbirlar “Nurafshon” sport arenasida davom etdi. Yoshlar bayrami tusini olgan tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Toshkent viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari ishtirok etib, barcha yoshlarni 30 iyun’ – Yoshlar kuni bilan samimiy qutladilar va “Kasaba uyushmalari yoshlari – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” Respublika yoshlar forumida faollik ko‘rsatgan, g‘oya va ishlanmalari eng yaxshi deb topilgan 10 nafar ishtirokchiga “Chinobod plaza” sanatoriysiga, 10 nafar yoshlarga Prezidentimiz tashabbuslari bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Qirg‘iziston Respublikasining Issiqqo‘l viloyatidagi Ton tumanida barpo etilgan “Bo‘ston” pansionatiga bepul yo‘llanmalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, Forumning 50 nafar faol ishtirokchisiga Jizzax viloyatining Zomin tumaniga sayohat uchun Sertifikatlar topshirildi.

Shundan so‘ng Kasaba uyushmalari yoshlarining g‘oya, taklif va tashabbuslarini o‘z ichiga olgan Murojaatnomasi qabul qilindi va o‘qib eshittirildi.

Forum yakunida ishtirokchilar uchun san’at ustalari va yosh ijrochilar chiqishlaridan iborat gala konsert namoyish etildi.

Ushbu forum turli sohalarda mehnat qilayotgan mamlakatimiz yoshlarining yaqindan muloqot o‘rnatishi, bilim va ko‘nikmalari hamda ma’rifiy darajasini oshirish uchun keng va samarali maydon bo‘lishi bilan birga, yoshlarning yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish, kasbiy mahoratini takomillashtirish, dolzarb masalalarda fikr yuritish va ularga yechim topish yo‘nalishlaridagi salohiyatlarini oshirishda o‘ziga xos maktab vazifasini o‘tadi.Forum doirasidagi tadbirlar “Nurafshon” sport arenasida davom etdi. Yoshlar bayrami tusini olgan tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Toshkent viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilari ishtirok etib, barcha yoshlarni 30 iyun’ – Yoshlar kuni bilan samimiy qutladilar va “Kasaba uyushmalari yoshlari – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” Respublika yoshlar forumida faollik ko‘rsatgan, g‘oya va ishlanmalari eng yaxshi deb topilgan 10 nafar ishtirokchiga “Chinobod plaza” sanatoriysiga, 10 nafar yoshlarga Prezidentimiz tashabbuslari bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Qirg‘iziston Respublikasining Issiqqo‘l viloyatidagi Ton tumanida barpo etilgan “Bo‘ston” pansionatiga bepul yo‘llanmalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, Forumning 50 nafar faol ishtirokchisiga Jizzax viloyatining Zomin tumaniga sayohat uchun Sertifikatlar topshirildi.

Shundan so‘ng Kasaba uyushmalari yoshlarining g‘oya, taklif va tashabbuslarini o‘z ichiga olgan Murojaatnomasi qabul qilindi va o‘qib eshittirildi.

Forum yakunida ishtirokchilar uchun san’at ustalari va yosh ijrochilar chiqishlaridan iborat gala konsert namoyish etildi.

Ushbu forum turli sohalarda mehnat qilayotgan mamlakatimiz yoshlarining yaqindan muloqot o‘rnatishi, bilim va ko‘nikmalari hamda ma’rifiy darajasini oshirish uchun keng va samarali maydon bo‘lishi bilan birga, yoshlarning yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish, kasbiy mahoratini takomillashtirish, dolzarb masalalarda fikr yuritish va ularga yechim topish yo‘nalishlaridagi salohiyatlarini oshirishda o‘ziga xos maktab vazifasini o‘tadi.

Muhabbat O‘rmonbekova

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari