[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

30.06.2025. 2025 yil 27 iyun’ kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyat kengashi majlislar zalida madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati birlashgan tashkilotining II hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Bahodir Hamidjonov, Respublika kengashi tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi Jamshid Aripov va viloyat kengashi tashkiliy ishlar mudiri Jamol Andaqulov ishtirok etdi. Shuningdek, 50 nafar delegat hamda taftish komissiyasi a’zolari ham konferensiya ishida qatnashdi.

Yig‘ilishda 2021 yil fevraldan 2025 yil iyungacha bo‘lgan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Birlashgan tashkilot faoliyati qoniqarli deb topildi. Kun tartibidagi jami 11 ta masala atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Konferensiyadan so‘ng I tashkiliy majlis bo‘lib o‘tdi. Unda Ijroiya qo‘mitasi a’zolari saylandi. Saylov ochiq va muqobil ovoz berish tartibida o‘tkazildi. Unga ko‘ra, Akbutaeva Mahbuba Alisherovna ko‘p ovoz to‘plab, Sirdaryo viloyati birlashgan qo‘mitasi raisi etib saylandi.

Yangi rahbariyat oldida madaniyat, sport va turizm sohalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamoa faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda yosh mutaxassislarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor vazifalar turibdi.