[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

01.07.2025. O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tizimida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha sayyor yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda hududiy xotin-qizlar kengashlari raislari, hamkor tashkilotlar va soha faollari ishtirok etdi.

Ayni paytda ushbu tizimda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mehnat huquqlarini kafolatlash hamda ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Tarmoqdagi korxona va tashkilotlarda 92 354 nafardan ortiq xotin-qizlar mehnat qilmoqda, shuningdek, tarmoq o‘quv muassasalarida 35 578 nafar talaba qiz ta’lim olmoqda.

Shuningdek, jamoa shartnomalarida xotin-qizlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar va kafolatlar nazarda tutilgan aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir 30 dan ortiq farmon, qaror va hukumat hujjatlari qabul qilingani ta’kidlandi. Bu orqali mamlakatimizda ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, gender masalalariga katta e’tibor qaratilayotgani, xotin-qizlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz mentalitetining ajralmas qismi ekani qayd etildi. Keyingi yillarda esa ayollarni ardoqlash borasidagi ishlar mutlaqo yangicha bosqichga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan e’tirof etildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnatni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i G‘oyibnazarova Nodira Bahodirjonova “Barqaror rivojlanishning 5-maqsadi — gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish”ga qaratilgan islohotlar, ish joylarida munosib mehnat sharoitlari yaratish, mehnatni muhofaza qilish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, reproduktiv salomatlikni saqlash va boshlang‘ich tashkilotlarda amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar korxona va tashkilotlarda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan mehnat sharoitlari, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.

Xulosa sifatida, bunday sayyor tadbirlar jamiyatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiborning amaldagi ifodasi sifatida, ularni ruhlantirib, yuksak natijalarga erishishga ilhom baxsh etmoqda.