[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

03.07.2025. Joriy yilning 1 iyul’ kuni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashkilotining I konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim anjuman Qoraqalpog‘istondagi ta’lim va fan sohasi xodimlarining kasaba uyushmasi organlaridagi vakilligini ta’minlash hamda kelgusidagi strategik vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlandi.

Konferensiyada O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R. M. Bedilov va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston kengashi raisi U. Jalmenov ishtirok etishdi.

Kun tartibida muhokama qilingan mavzular ichida II Qurultoyga delegatlar saylash, Respublika kengashi tarkibiga yangi vakillar kiritish va Qoraqalpog‘iston kengashining navbatdagi konferensiyasiga delegatlar tayinlash masalalari aks etdi. Tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Ravshan Melsovich Bedilov o‘z nutqida ishtirokchilarni samimiy tabriklab, kasaba uyushmalari oldida turgan ustuvor vazifalar va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha istiqbolli rejalar haqida so‘zladi.

Ushbu konferensiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashkiloti uchun milliy kasaba uyushmalari harakatida faol ishtirok etish va strategik rejalarni amalga oshirish borasida muhim qadam bo‘ldi.

R. Abdurahmonov

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi