[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

04.07.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Buxoro viloyat kengashining IX Konferensiyasi 3 iyul’ kuni Buxoro shahrida o‘tkazildi. Konferensiyada Buxoro viloyat hokimi, senator Botir Zaripov; O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikasiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Asror Ishonxodjaev; Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Shavkat Javlonov; Federatsiyaning tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri o‘rinbosari Jahongir Ixtiyorov hamda 125 nafar delegat ishtirok etdi.

Hokim Botir Zaripov konferensiyani ochar ekan, kasaba uyushmalari faoliyatida amalga oshirilayotgan muhim islohotlarni yuqori baholadi. U kasaba uyushmalarining mehnat jamoalari huquqlari va xodimlarning ijtimoiy ahvolini muhofaza qilishdagi o‘rnini alohida ta’kidladi.

Shu munosabat bilan mehnat munosabatlarini tartibga solish, ish joylarida xavfsizlikni ta’minlash, xodimlarning sog‘lomlashtirilishi va dam olishi uchun sharoitlar yaratish, yoshlar, xotin-qizlar va imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashda kasaba uyushmalari bilan hamkorlikni mustahkamlash vazifalari belgilab olindi.

Kun tartibida Buxoro viloyat kengashining 2020–2025 yillardagi faoliyati hisoboti hamda viloyat kasaba uyushmalarining navbatdagi ustuvor vazifalari muhokama qilindi. Shuningdek, kengash taftish komissiyasining faoliyati to‘g‘risidagi axborot ham eshittirildi.

Majlis yakuniga ko‘ra, kengash raisining, rais o‘rinbosarlarining, ijroiya qo‘mitasi hamda taftish komissiyasi a’zolari va raisi saylandi. Delegatlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyiga va Bosh kengash tarkibiga vakillarni ham tasdiqladi.