10.07.2025. Konferensiyada Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Husan To‘xtaev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Mahmadaliev va Federatsiya kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Jahongir Ixtiyorov, shuningdek delegatlar va soha faxriylaridan iborat mehmonlar ishtirok etdi.
Kengash raisi Suhrob Rafiqov va taftish komissiyasi raisi Rasul Suyunov o‘tgan besh yillik faoliyatga oid hisobot ma’ruzalarini tingladilar.
Tahliliy muzokaralardan so‘ng delegatlar kengashning hisobot davridagi faoliyatini qoniqarli deb baholashdi.
Muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda rais va rais o‘rinbosarligi lavozimlariga olti nafar nomzod ko‘rsatildi. Nizom talablariga asosan yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylovda mutloq ko‘pchilik ovoz bilan Suhrob Rafiqov Samarqand viloyat kengashi raisi sifatida, Akbar Abdusaidov va Sharqiya Bakaeva esa rais o‘rinbosarlari sifatida saylanishdi.