14.07.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Samarqand viloyat kengashi hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda “Yoshlar oyi” doirasida Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyati kengashi tizimidagi muassasalarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Kasaba uyushmalari yoshlari – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” shiori ostida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
“ZAKOVAT” o‘yinining ochilish marosimida Samarqand viloyat kengashi raisi S. Rafikov ishtirok etib, ishtirokchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi haqida qisqacha ma’lumot berdi va yoshlarga katta imkoniyatlar yaratilayotganini, ularning “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ekanligini alohida ta’kidlab, barchaga omad tiladi.
Mazkur intellektual bahsda viloyat kengashi tizimidagi tuman–shahar tibbiyot birlashmalari hamda yirik boshlang‘ich tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlardan iborat 14 ta jamoa o‘zaro bellashdi.
Qiziqarli va hayajonlarga boy bo‘lgan o‘yinda 1-o‘rinni Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining “Adrenalin” jamoasi egalladi. Jomboy tumani tibbiyot birlashmasining “Jomboy” jamoasi 2-o‘rin, Sanepid qo‘mitasining Samarqand viloyat bo‘limi “Tibbiy nazorat” jamoasi esa 3-o‘rinni zabt etdi.
G‘olib jamoalarga kasaba uyushmalari esdalik sovg‘alari, diplomlar hamda Xorazm viloyatiga tashkil etiladigan uch kunlik bepul sayohatga yuborish sertifikatlari topshirildi.