14.07.2025. Joriy yilning 9 iyul’ kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Jizzax viloyat kengashining 2020–2025 yillardagi faoliyati bo‘yicha IX hisobot-saylov konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Konferensiyada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari Qobiljon Qirg‘izaliev, Jizzax viloyat hokimi o‘rinbosari Akmal Abdumuminovich Sovurboev, vazirlik va yirik korxonalar rahbarlari hamda kengash a’zolari ishtirok etishdi.
Tadbirning birinchi qismida viloyat hududiy kengash raisi Nusuratulla Pardaevning 2020–2025 yillarga oid hisoboti taqdim etildi. Unda yerdan foydalanish siyosati, xodimlarning ijtimoiy–iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom mehnat muhitini ta’minlash va boshqa asosiy yutuqlar batafsil yoritildi.
Konferensiyaning ikkinchi qismida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylovlar o‘tkazildi. Muhokama va raqobat asosida
Nusuratulla Pardaev hududiy kengash raisi lavozimiga,
A’zam Ixtiyorov kengash raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandilar.
Tadbir yakunida yangidan tayinlangan rahbariyatga 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan strategik rejalarni ishlab chiqish va jamoa faoliyatini yanada samarali tashkil etish vazifalari yuklandi.