17.07.2025. Samarqand shahrida “Ayollar daftari: 5 yillik sarhisob — iqtisodiy mustaqillikdan ijtimoiy faollik sari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin‑qizlar qo‘mitasi raisi Z. Mahkamova, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi S. Rafikov va boshqa ishtirokchilar qatnashdi.
Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan, ishsiz va faol hayotga intilayotgan xotin‑qizlar hamda davlat ko‘magi orqali iqtisodiy mustaqillikka erishib, “Ayollar daftari”dan chiqqan tadbirkor ayollar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Samarqand viloyat kengashi raisi S. Rafikov so‘zga chiqib, mamlakatimizda xotin‑qizlarni qo‘llab‑quvvatlashga keng e’tibor qaratilayotganini faxr bilan ta’kidladi. U ayollar daftari tizimining samaralari, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va psixologik qo‘llab‑quvvatlash, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan ishsiz xotin‑qizlarni muammolarini aniqlash va bartaraf etish ishlari amalga oshirilayotganini va bu jarayonlarda kasaba uyushmalari tomonidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilganini ta’kidladi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi xotin‑qizlarni iqtisodiy jihatdan qo‘llab‑quvvatlash orqali ularni ijtimoiy faol shaxslarga aylantirish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda shaxsiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.