[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

21.07.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat kengashining IX konferensiyasi Xorazm viloyati ma’naviyat va ma’rifat markazining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparati rahbari Olimjon Saliev, O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Ibrohim Isoqov, hamkor tashkilotlar va ish beruvchilar vakillari hamda konferensiya delegatlari ishtirok etdi.

Konferensiyada Federatsiyaning Xorazm viloyati kengashi raisi Gulsara Qurbonboeva so‘nggi besh yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdi. Shuningdek, taftish komissiyasining hisoboti tinglandi.

Yopiq ovoz berish natijasiga ko‘ra Gulsara Qurbonboeva kengash raisligiga, Kamoljon Bekjonov esa rais o‘rinbosarligiga saylandi.

Kun tartibidagi barcha masalalar tegishli tartibda ko‘rib chiqildi va qarorlar qabul qilindi.